Barcha yangiliklar
“Jaholatga qarshi ma’rifat”
Gallery image 2796
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
14 Iyul 2023
03:00

“Jaholatga qarshi ma’rifat”

 “Jaholatga
qarshi ma’rifat”
 

Farg‘ona tuman hokimligida “Jaholatga qarshi
ma’rifat” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur davra suhbatida
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi bo‘lim va
bo‘linma mutaxassislari ishtirok etdilar.
 

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati
O.Dadajonova va din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Farg‘ona tuman bo‘yicha
mutaxassisi I.Abduraxmonovlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri
foydalanish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, fuqarolar bilan ishlash
jarayonlaridagi hushmomilalik madaniyatlari, inson manfaatlari hamma narsadan
ustunligi mavzularida ma’ruzalar qilindi.
 

Davra suhbati davomida hokimlik kutubxonasida
“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.