Barcha yangiliklar
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 267964
Gallery image 267965
Gallery image 267966
Gallery image 267967
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
15 Okt 2026
16:38

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi N.Abrorov saylov okrugi hududidagi Xoʻjaobod mahallasida joylashgan 36-sonli umumtaʻlim maktabida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, qozonxona holati, koʻmir zaxirasi, elektr va boshqa muhandislik tarmoqlarining mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun qish mavsumida zarur sharoitlarni yaratish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Kuz-qish mavsumini betalafot va samarali o‘tkazish masalasi kengash raisi nazoratida.