Barcha yangiliklar
❗️TA’LIM MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
Gallery image 267863
Gallery image 267864
Gallery image 267865
Gallery image 267866
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
15 Okt 2026
15:19

❗️TA’LIM MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

#deputat_nazorati
#kotibiyat_va_tashkilot_hamkorligi
#ekspert_guruhi

❗️TA’LIM MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda tuman Kengashi deputati Q.Nishonov hamda ekspert guruhi azolari 17-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va hududni obodonlashtirish holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida maktabning moddiy-texnik holati, o‘quv xonalarining mavsumga tayyorligi, isitish tizimidan foydalanish imkoniyatlari hamda maktab hovlisida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, sovuq kunlarda sinf xonalarida me’yoriy haroratni saqlash, maktab hududida sanitariya qoidalariga rioya etish va yashil maydonlarni tartibga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.