Barcha yangiliklar
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar o‘rganildi
Gallery image 267804
Gallery image 267805
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
14 Okt 2026
14:24

Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Bimurzayev tomonidan  tumanning “Qoramanas” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar holati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida ushbu toifadagi fuqarolarga moddiy yordam, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanish holati hamda mahalliy hokimlik va tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar tahlil qilindi.

🔻Shuningdek, fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tavsiya va topshiriqlar berilishi belgilandi.