Barcha yangiliklar
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 267736
Gallery image 267737
Gallery image 267738
Gallery image 267739
Gallery image 267740
Gallery image 267741
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
15 Okt 2026
11:33

SESSIYA OLDI O‘RGANISH: DEPUTAT NAZORATI

#doimiy_komissiya_faoliyati

❗️SESSIYA OLDI O‘RGANISH: DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda deputati S.Ulug‘murodov tomonidan Do‘stlik mahallasi hududidagi Mustaqillik va Y.Rajabiy ko‘chalarini ixtisoslashtirish masalasi yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur rejaga muvofiq, uzunligi 0,5 kilometr bo‘lgan Mustaqillik ko‘chasi hamda 1 kilometrni tashkil etuvchi Y.Rajabiy ko‘chasini gastronomiya va turizm, yoshlar sayilgohi hamda savdo-servis xizmatlariga ixtisoslashgan maxsus xizmat ko‘rsatish ko‘chalariga aylantirish ko‘zda tutilgan.

O‘rganish davomida ko‘chalarning mavjud holati, hududning infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari hamda tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazorati — hududlar rivoji va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘lida muhim qadam.