Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 267594
Gallery image 267595
Gallery image 267596
Gallery image 267597
Gallery image 267598
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
15 Okt 2026
09:45

Kotib

Bolalar sport majmuasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Botir Nurmatov tomonidan “Yuzrabot” mahallasi hududida bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, jismoniy sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida sport majmuasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida sport zallarining holati, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan qulayliklar, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda bolalarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sport majmuasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bolalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yosh avlodni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.