Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 267503
Gallery image 267504
Gallery image 267505
Gallery image 267506
Gallery image 267507
Gallery image 267508
Gallery image 267509
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
15 Okt 2026
08:43

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

BINODAGI TA’MIRLASH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-93-sonli qarori asosida Ko‘rkam diyor mahallasi hududida joylashgan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi binosida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida binoda ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ayrim ishlar yakuniga yetkazilmagani aniqlandi. Jumladan, elektr-montaj va santexnika ishlari to‘liq bajarilmagan, isitish tizimi ulanmagan. Shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida binoning hovli qismida hovuz qurish ishlari yakunlanmagan hamda ayrim xonalarda ta’mirlash ishlari oxiriga yetkazilmaganligi aniqlandi.