Barcha yangiliklar



KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
14 Okt 2026
19:24
KENGASH ISH REJASI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
O‘rganish Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 9-bandiga muvofiq, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi doirasida amalga oshirildi.
Jarayonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish natijalari tegishli sessiyada muhokama qilish uchun tayyorlanadi.