Barcha yangiliklar
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Gallery image 267332
Gallery image 267333
Gallery image 267334
Gallery image 267335
Gallery image 267336
Gallery image 267337
Gallery image 267338
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
14 Okt 2026
18:15

O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI

O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida hamda 28-«Chimboy» saylov okrugidan yangi saylangan deputat Ma’rufjon Mirzamaxmudov ishtirokida 224-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga qatnashish davomati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganish jarayonida Milliy gvardiya xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashishini ta’minlash, sababsiz dars qoldirish holatlarining oldini olish hamda ta’lim muassasasi va mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda maktab, ota-onalar va tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

💡 Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazorati doirasida ta’lim sifati va intizomini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda samarali ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!