Barcha yangiliklar
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
Gallery image 267311
Gallery image 267312
Gallery image 267313
Gallery image 267314
Gallery image 267315
Gallery image 267316
Gallery image 267317
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
14 Okt 2026
18:14

🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari

🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati R. Bozorova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Oqtepa” mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi.
🌲Joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan muloqotlarda qishloq ko‘chalarini obodonlashtirish, har bir ko‘chada minglab ko‘chatlar ekish, yashil hududlarni kengaytirish hamda atrof-muhit musaffoligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌲Deputat va Kengash kotibiyati mudiri aholi vakillarini ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash va yashil hududlarni asrab-avaylashga chaqirdilar.
🌲Obod ko‘cha — mahalla ko‘rki, yashil makon esa sog‘lom kelajak poydevoridir. Bunday tashabbuslar hududlar qiyofasini yanada go‘zallashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
🌲O‘rganishlar va targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt