Barcha yangiliklar
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
Gallery image 266820
Gallery image 266821
Gallery image 266822
Gallery image 266823
Gallery image 266824
Gallery image 266825
Gallery image 266826
Gallery image 266827
Gallery image 266828
Gallery image 266829
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
14 Okt 2026
16:10

224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI

 224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida, 28-«Chimboy» saylov okrugidan yangi saylangan deputat Ma’rufjon Mirzamaxmudov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqjonovalar ishtirokida 224-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏗 O‘rganish davomida «Tashabbusli budjet» loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan stadion qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlarining borishi, amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud rejalar yuzasidan mas’ullarning ma’lumotlari tinglandi.

⚽️ Shuningdek, o‘quvchilar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun munosib sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — qurilish ishlarining borishini nazorat qilish, ta’lim muassasasida sport bilan shug‘ullanish uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlash hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar samaradorligini oshirishdan iborat.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!