Barcha yangiliklar
19-BAND IJROSI: KUTUBXONALAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 266818
Gallery image 266819
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
14 Okt 2026
16:10

19-BAND IJROSI: KUTUBXONALAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

19-BAND IJROSI: KUTUBXONALAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 19-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat F.Islomova tomonidan hududdagi kutubxonalar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🌐 O‘rganish davomida kutubxonada aholiga, ayniqsa, yoshlar va o‘quvchilarga kitobxonlik uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish holati hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

🎓 Shuningdek, kitob fondini boyitish, o‘quvchilar va yoshlarni muntazam mutolaaga jalb etish, kutubxonalarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

💡 Kutubxona — shunchaki kitob saqlanadigan joy emas, balki yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytiradigan muhim ma’rifat maskanidir.