Barcha yangiliklar
Deputatlar va senator uchrashuvi
Gallery image 266800
Gallery image 266801
Gallery image 266802
Gallery image 266803
Gallery image 266804
Gallery image 266805
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
14 Okt 2026
16:03

Deputatlar va senator uchrashuvi

 Deputatlar va senator uchrashuvi

Bugun Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari bilan Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Abdullayev Bahrom Ismoilovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv davomida hududlarda deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda mudofaa va xavfsizlik yo‘nalishidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📍 Shuningdek, xalq deputatlari Kengashlari bilan Senat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlarda mavjud masalalarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish bo‘yicha takliflar bildirildi.

✅ Deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirib, senator bilan ochiq muloqot qildilar.

🇺🇿 Bunday uchrashuvlar hududiy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish va deputatlarning vakillik faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️