Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 266794
Gallery image 266795
Gallery image 266796
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
14 Okt 2026
15:43

Kotib

“Elobod” mahallasida yettilik faoliyatini tashkil etish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Shoxzoda Kurbanova “Elobod” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, uning a’zolari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqdi.

O‘rganish davomida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolariga o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi muammolariga manzilli yondashish va mahalla hududidagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.