Barcha yangiliklar
Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi
Gallery image 266687
Gallery image 266688
Gallery image 266689
Gallery image 266690
Gallery image 266691
Gallery image 266692
Gallery image 266693
Gallery image 266694
Gallery image 266695
Gallery image 266696
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
14 Okt 2026
13:38

Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi

#doimiykomissiya #korrupsiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏛 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari To'lqin Tursunov hamda Kamola Agzamovalar ishtirok etdi.

📝 Unda dastlab Toshkent shahar davlat kadastrlar palatasi bo‘limlarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va natijasini muhokama qilish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Yunusov Abdulaziz Abdugapparovichning hisoboti deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

🔎 Shuningdek, mazkur yig‘ilishda Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yil III chorak davomida sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati bo‘yicha kiritgan axboroti to‘g‘risidagi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi Akromxodjaev A’zimxo‘ja Borievichning hisoboti deputatlar tomonidan eshitilib, muhokama qilindi. Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan mazkur masala atroflicha o‘rganildi hamda deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanib sessiya kun tartibiga kiritishga kelishib olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash