Barcha yangiliklar
AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
Gallery image 266602
Gallery image 266603
Gallery image 266604
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
14 Okt 2026
11:34

AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

#deputat_nazorati
#24_ta_muhim_masala

❗️AHOLI XAVFSIZLIGI VA QULAYLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda tuman Kengashi deputati S.Ulug‘murodov Do‘stlik mahallasida qurilayotgan piyodalar yo‘lagining holatini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, yo‘lakning sifatli barpo etilishi hamda piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi, aholi uchun qulay infratuzilmani shakllantirish va piyodalar xavfsizligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud masalalarni o‘z vaqtida aniqlashga xizmat qiladi.