Barcha yangiliklar
Kuz-qish mavsumida isitish tizimi 68-umumta'lim maktabining isitish tizimi holati o‘rganildi
Gallery image 266593
Gallery image 266594
Gallery image 266595
Gallery image 266596
Gallery image 266597
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
14 Okt 2026
11:33

Kuz-qish mavsumida isitish tizimi 68-umumta'lim maktabining isitish tizimi holati o‘rganildi

Kuz-qish mavsumida isitish tizimi
68-umumta'lim maktabining isitish tizimi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati Y.Musayev tomonidan 68-umumta’lim maktabida isitish tizimi va bino tomining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda mavjud 6 ta qozonxonaning barchasi soz holatda ekanligi aniqlandi. Maktab binosi tomidan hech bir joyda chakka o‘tmasligi, tom qoplamasi holati talab darajasida ekanligi qayd etildi.

Shu bilan birga, isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash uchun gaz bosimini o‘rta bosimda ushlab turuvchi gaz reduktoriga ehtiyoj mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish hamda zarur gaz reduktorini o‘rnatish orqali maktabning isitish tizimi barqaror ishlashini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!