Barcha yangiliklar
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
Gallery image 266590
Gallery image 266591
Gallery image 266592
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
14 Okt 2026
11:32

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati K.Djumanazarova tomonidan Yuqoriovul mahalla fuqarolar yig‘ini Ibn Sino ko‘chasida yashovchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning yashash manzilida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqaroning yashash sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli hamda mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, uning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojlari va turmush sharoitini yaxshilash imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan fuqaroning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!