Barcha yangiliklar
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
Gallery image 266557
Gallery image 266558
Gallery image 266559
Gallery image 266560
Gallery image 266561
Gallery image 266562
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
14 Okt 2026
11:24

89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylov okrugi hududidagi 89-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bolalar maydonchasi va dam olish hududining holati ko‘zdan kechirildi. Natijada, mazkur hududlar ta’mirlashga muhtoj ekani aniqlandi.

Bolalarning ochiq havoda xavfsiz o‘ynashi, mazmunli hordiq chiqarishi va qulay sharoitlarda vaqt o‘tkazishi uchun maydonchani ta’mirlash hamda dam olish hududini obodonlashtirish zarurligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida bolalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalasiga e’tibor qaratildi.