Barcha yangiliklar
Deputat — ishbilarmon ayol! Barno Narzullayeva “Ishbilarmon ayol-2026” tanlovining sovrindori
MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
14 Okt 2026
11:12

Deputat — ishbilarmon ayol! Barno Narzullayeva “Ishbilarmon ayol-2026” tanlovining sovrindori

 Deputat — ishbilarmon ayol! Barno Narzullayeva “Ishbilarmon ayol-2026” tanlovining sovrindori

Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati, hunarmand Barno Narzullayeva Jizzax viloyatida o‘tkazilgan “Ishbilarmon ayol-2026” ko‘rik-tanlovining hududiy respublika bosqichida 3-o‘rinni egalladi.
Barno Narzullayeva hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ayollarni tadbirkorlikka jalb etish va oilaviy biznesni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Deputat sifatida ham saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning muammolarini hal etishda faol ishtirok etmoqda.
Barno Narzullayevani ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz! Yangi muvaffaqiyatlar, bardam salomatlik va ishlarida baraka tilaymiz!