Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 266423
Gallery image 266424
Gallery image 266425
Gallery image 266426
Gallery image 266427
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
14 Okt 2026
09:48

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qaroriga muvofiq, saylovchilar bilan uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish maqsadida Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, joriy yilning sentabr oyida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida jami 48 ta muammo aniqlangan bo‘lib, shundan 6 tasi mazkur doimiy komissiya faoliyat yo‘nalishiga tegishli ekani ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mas’ul tashkilotlar faoliyati hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning yechimini ta’minlash yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.