Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati: O‘rta qal’a OFYda obodlik va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Gallery image 266376
Gallery image 266377
Gallery image 266381
Gallery image 266378
Gallery image 266379
Gallery image 266380
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
13 Okt 2026
09:09

Deputatlik nazorati: O‘rta qal’a OFYda obodlik va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi

O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov, Y.Axmedov hamda Kotibiyat xodimi B.Allabergenovlar 8-sonli O‘rta qal’a saylov okrugidagi "O‘rta qal’a" ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib, navbatdagi deputatlik nazoratini olib bordilar.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5246-sonli qarori hamda Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, hududda "Aholi va jamoatchilik tomonidan boshqariladigan mahalla majmui" obyektida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ularning sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi atroficha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, aholi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.