Barcha yangiliklar







KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
14 Okt 2026
09:06
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
A.Navoiy mahallasida ko‘cha faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari A.Uljayeva va D.Egamqulova, shuningdek, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Kenjayev tomonidan A.Navoiy mahallasi Samarqand ko‘chasida ko‘cha faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda hududni obodonlashtirish yuzasidan fikr almashildi. Bildirilgan murojaat va takliflarni o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.