Barcha yangiliklar
🔰Maktabgacha ta’lim sifati – deputatlar e’tiborida
Gallery image 266073
Gallery image 266074
Gallery image 266075
Gallery image 266076
Gallery image 266077
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
13 Okt 2026
18:55

🔰Maktabgacha ta’lim sifati – deputatlar e’tiborida

🔰Maktabgacha ta’lim sifati – deputatlar e’tiborida

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonun ijrosini Jondor tumanida ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H. Karayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Yangiobod mahallasi hududida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida tashkil etilgan “Temurxon nevaralari” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (NMTT) faoliyati bilan tanishildi.
🌏O‘rganish davomida muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda tarbiyalanuvchilarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasiga e’tibor qaratildi.
🌏Shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🌏Deputatlik o‘rganishlari doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini doimiy kuzatib borish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi.
👉O‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt