Barcha yangiliklar
🔰Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar e’tiborida
Gallery image 266032
Gallery image 266033
Gallery image 266034
Gallery image 266035
Gallery image 266036
Gallery image 266037
Gallery image 266038
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
13 Okt 2026
18:49

🔰Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar e’tiborida

#deputat_faoliyati

🔰Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H. Karayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Yangiobod mahallasida joylashgan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, sinfxonalarda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, issiqlikni saqlash imkoniyatlari hamda mavsumni betalafot o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik choralari ko‘zdan kechirildi.
✔️Mas’ullar tomonidan ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay, xavfsiz hamda sanitariya-gigiyena talablariga mos sharoitlarni yaratish muhimligi ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mavjud muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Deputatlik nazorati doirasida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt