Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 265953
Gallery image 265954
Gallery image 265955
Gallery image 265956
Gallery image 265957
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
13 Okt 2026
18:31

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 KORXONA MUROJAATI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashida tumandagi “Nur Sherabad Solar PV” MChJ XKning korxonaga tegishli 9,15 gektar sug‘oriladigan yer maydonlariga 0,3 miqdoridagi pasaytirilgan yer solig‘i koeffitsiyentini qo‘llash masalasi yuzasidan qilgan murojaati muhokama qilindi.

🔹 Muhokama davomida korxona murojaatida ko‘tarilgan masala, yer solig‘i koeffitsiyentini qo‘llash bilan bog‘liq holatlar hamda tegishli tartib-taomillar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

🔹 Mazkur masala yuzasidan qonunchilik talablari asosida tegishli ma’lumotlar ko‘rib chiqilib, murojaatni belgilangan tartibda hal etish masalasiga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube