Barcha yangiliklar
2-SON OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
Gallery image 265952
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
13 Okt 2026
18:30

2-SON OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

 2-SON OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov, Kengash
deputati B.Abdurahimov, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi
M.Mo‘ydinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Gulobod
mahallasida joylashgan 2-son oilaviy poliklinika faoliyati yuzasidan o‘rganish
ishlari olib borildi
 

Muassasada 41 nafar tibbiyot xodimi hududdagi 16 146 nafar aholiga
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatib kelmoqda.
 

O‘rganish davomida poliklinika registraturasining faoliyati, fuqarolarni
qabul qilish tartibi hamda ularni tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish
jarayoni tahlil qilindi.