Barcha yangiliklar
#doimiy_komissiya_yig‘ilishi
Gallery image 265919
Gallery image 265920
Gallery image 265921
Gallery image 265922
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
13 Okt 2026
18:24

#doimiy_komissiya_yig‘ilishi



Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

♻️ Yig‘ilish kun tartibida Zangiota tumani Ichki ishlar bo‘limi sohaviy xizmatlari tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini amalga oshirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

♻️ Muhokama davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

♻️Doimiy komissiya a’zolari tomonidan kun tartibidagi masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi.