Barcha yangiliklar
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Gallery image 265911
Gallery image 265912
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
12 Okt 2026
18:20

Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati, viloyat Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Tursunboyev Dilshodjon Ilhomjon o‘g‘li tomonidan Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i M. Umarovning hisoboti yuzasidan sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Jizzax viloyati filialida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda bemorlarni dori-darmon vositalari bilan ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, foydalanilayotgan dori-darmon vositalarining sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.