Barcha yangiliklar
AHOLINI BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI BILAN  TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 265838
Gallery image 265839
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
13 Okt 2026
17:19

AHOLINI BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati S.Xojiyev tomonidan Tuman kambag‘allikni qisqartirish shtabida tuman elektr tarmoqlari bo‘limi boshlig‘i bilan birgalikda Sarmich MFY aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangi transformator o‘rnatish masalasi muhokama qilindi.

Muloqot davomida Sarmich mahallasida elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud holat, aholi ehtiyoji, elektr tarmoqlaridagi yuklama hamda qo‘shimcha transformator o‘rnatish zarurati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, yangi transformator o‘rnatilishi orqali hududdagi elektr ta’minotini yaxshilash, tarmoqdagi yuklamani me’yorlashtirish, kuchlanish bilan bog‘liq muammolarning oldini olish hamda aholiga elektr energiyasini yanada barqaror yetkazib berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Masalani amaliy hal etish maqsadida yangi transformator o‘rnatish uchun zarur choralarni belgilash, texnik imkoniyatlarni o‘rganish va tegishli ishlarni tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilandi.