Barcha yangiliklar

RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
13 Okt 2026
16:49
🗳 HUDUDIY SAYLOV KOMISSIYALARINI TUZISH VA ULAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi vakolatlari doirasida hududiy saylov komissiyalarini tuzadi hamda ularga tegishli hududlarni (okruglarni) biriktiradi.
📌 Shuningdek, hududiy saylov komissiyalarining tarkibi va joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda e’lon qiladi.
Mazkur vazifalar saylov jarayonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etish, saylov komissiyalari faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilish hamda saylov jarayonining ochiqligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.