Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 265813
Gallery image 265814
Gallery image 265815
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
13 Okt 2026
16:46

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi, Kengashning 1-Oqibat okrugi deputati Muyassar Yuldasheva tomonidan “Oqibat” mahallasi hududini yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish maqsadida, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jarayon davomida mahalla hududining ozodaligini ta’minlash, ko‘chalar va umumiy foydalanish joylarini tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda atrof-muhitni yanada go‘zallashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ekologik muhitni asrash va fuqarolar uchun yanada shinam hamda obod hudud yaratishga xizmat qiladi.

Obod mahalla — farovon hayot va sog‘lom muhit garovi!