Barcha yangiliklar
Deputat "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda
Gallery image 32431
Gallery image 32432
Gallery image 32433
Gallery image 32434
Gallery image 32435
Gallery image 32436
Gallery image 32437
Gallery image 32438
Gallery image 32439
Gallery image 32440
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
18 Mar 2025
13:23

Deputat "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda
aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va
senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Normuradova 9-Adulla Avloniy saylov okurigining “Turon” va “Farhod” mahallalari hududida muntazam ravishda mahalla faollari va mahalla yettiligi qanday ishlayotgani, uning dastlabki samaralari bilan qiziqdi. Mavjud muammolar va ularning yechimi xususida o‘z fikr-mulohazalari bildirildi.

Shuningdek, deputat mahallardagi qurilish obyektlari hamda mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi va ikkita obyektda qurilish ishlari tugallanmaganligi aniqlanib, tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari orqali chiqish belgilab olindi.