Barcha yangiliklar
Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilli yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
Gallery image 265679
Gallery image 265680
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
13 Okt 2026
16:01

Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilli yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi

Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilli yordam ko‘rsatish masalalari o‘rganildi
Tuman Kengashi kotibiyat mudiri Amanov Baxtiyor Normatovich tomonidan 24-sonli masala yuzasidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida nazorat-tahlil o‘tkazildi.
Nazorat-tahlil davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar,moddiy yordam tayinlash tartibi o‘rganildi.
Jarayonda ijtimoiy yordamning manzilliligini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda belgilangan tartiblarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘tkazilgan nazorat-tahlilning asosiy maqsadi — aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda manzilli taqsimlanishini ta’minlashdan iborat.