Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
Gallery image 32409
Gallery image 32410
Gallery image 32411
Gallery image 32412
Gallery image 32413
Gallery image 32414
Gallery image 32415
Gallery image 32416
Gallery image 32417
Gallery image 32418
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
18 Mar 2025
12:50

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari J.Xamroqulov, D.Normuradova hamda O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi apparat rahbari A.Tangirov ishtirokida Termiz shahar “Majnuntol” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi.

Uchrashuv so‘ngida fuqarolar murojaatlari eshitildi. Saylovchilarga huquqiy maslahatlar berilib, saylovchilar murojaatlari og‘zaki va yozma ravishda olindi.

Shuningdek, deputatlar Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida ushbu mahallada joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.