Barcha yangiliklar
DEPUTATNING KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 265424
XOLMIRZAYEV XAYRULLO XAMIDULLAYEVICH
13 Okt 2026
12:57

DEPUTATNING KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA FAOLIYATI O‘RGANILDI

DEPUTATNING KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N.Dedaxanova tomonidan hududda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromad manbalarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida kambag‘al oilalar bilan ishlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Deputat tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish va aholi bilan manzilli ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.