Barcha yangiliklar
DEPUTAT SANITARIYA EPIDEMIOLOGIYA XIZMATI FAOLIYATINI O‘RGANDI
Gallery image 265384
XOLMIRZAYEV XAYRULLO XAMIDULLAYEVICH
13 Okt 2026
12:33

DEPUTAT SANITARIYA EPIDEMIOLOGIYA XIZMATI FAOLIYATINI O‘RGANDI

DEPUTAT SANITARIYA EPIDEMIOLOGIYA XIZMATI FAOLIYATINI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N.Dedaxanova tomonidan tumandagi Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasaning sanitariya holati, aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolar o‘rganilib, mas’ullar bilan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.