Barcha yangiliklar
🔰XALQ VAKILI VA “MAHALLA YETTILIGI”.
Gallery image 265192
Gallery image 265193
Gallery image 265194
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
13 Okt 2026
09:22

🔰XALQ VAKILI VA “MAHALLA YETTILIGI”.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Z.Abdurasulova 12-“Sayxon” saylov okrugidagi “Sayxon” MFY “yettiligi” aʼzolari ishtirokida navbatdagi ishchi uchrashuv o‘tkazildi. Unda deputat hamda “Sayxon” MFY yettiligi tomonidan hududda olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlar natijalari va kelgusidagi dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

🔸Muloqot davomida asosiy eʼtibor aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi.

🔸Shuningdek, yig‘ilishda mahallada kambag‘allikni qisqartirish, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va ijtimoiy reyestrlar ro‘yxatida turgan fuqarolarga manzilli ko‘mak berish hamda ularning bandligini taʼminlash masalalari tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook