Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 265174
Gallery image 265175
Gallery image 265176
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
13 Okt 2026
09:11

Kotib

Deputat mahallada

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Milliy Tiklanish partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova Shukur Burxonov mahallasida bo‘ldi.

Deputat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-201-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Shukur Burxonov” mahallasida tashkil etilgan bolalar gimnastikasi, bolalar sporti bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, deputat “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasida nazarda tutilgan “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan ularning sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faolligini oshirish” to‘g‘risida o‘rganish ishlarini davom ettirdi.