Barcha yangiliklar
🔰Deputat va mahalla “yettiligi” aholi muammolarini joyida hal etmoqda.
Gallery image 265144
Gallery image 265145
Gallery image 265146
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
13 Okt 2026
08:59

🔰Deputat va mahalla “yettiligi” aholi muammolarini joyida hal etmoqda.

📌Jizzax shahar “Bog‘ishamol” MFYda 24-“Sangzor” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Sh.Umarov hamda mahalla “yettiligi” aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

🔸"Muammoni joyida ko‘rish — uning yechimiga tashlangan birinchi qadam" tamoyili asosida tashkil etilgan tadbirda fuqarolarning murojaatlari tinglandi va ijroga yo‘naltirildi.

🔸Uchrashuv davomida deputat va mahalla faollari hududda amalga oshirilgan ishlar natijalarini sarhisob qilib, kelgusidagi dolzarb vazifalarni belgilab oldilar. Jiddiy eʼtibor aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish, har bir murojaatga amaliy ko‘mak berish va fuqarolarning roziligini taʼminlashga qaratildi.

Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook