Barcha yangiliklar
DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOLARINI O'RGANDI
Gallery image 265064
Gallery image 265065
Gallery image 265066
Gallery image 265067
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
12 Okt 2026
22:33

DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUAMMOLARINI O'RGANDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida 8 nafar fuqaro turli masalalar yuzasidan murojaat qilib, o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar hamda takliflarini bayon etdi.

Deputat tomonidan har bir fuqaroning murojaati batafsil tinglanib, masalalarni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, ularning ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish mas’ul rahbarlar zimmasiga yuklatilib, barcha murojaatlar nazoratga olindi.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.