Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK DAFTARI — MUAMMOLAR YECHIMI SARI MUHIM QADAM!
Gallery image 265026
Gallery image 265027
Gallery image 265028
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
12 Okt 2026
20:40

DEPUTATLIK DAFTARI — MUAMMOLAR YECHIMI SARI MUHIM QADAM!

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #Deputat_daftari

DEPUTATLIK DAFTARI — MUAMMOLAR YECHIMI SARI MUHIM QADAM!

🇺🇿 Har bir murojaat e’tiborda, har bir muammo deputatlik nazoratida! Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “1-Degrez” saylov okrugi deputati Ulug‘bek Begjanov tomonidan Degrez mahallasi fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, "Deputatlik daftari"ga qayd etildi.

📂 Deputatlik daftari — fuqarolar murojaatlarini tizimli ravishda qayd etish, muammolarni nazoratga olish va ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashda muhim vositadir.

✅ Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmay, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ham belgilandi.

🤝 Zero, deputatlik faoliyatining samarasi — murojaatlarning daftar sahifalarida qolib ketishida emas, balki ularning amaliy yechim topishida namoyon bo‘ladi.

📈 Deputatlik daftarida qayd etilgan har bir murojaat — fuqarolar ishonchi va mas’uliyat ifodasidir!