Barcha yangiliklar
🔽Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘lida hamkorlik
Gallery image 265018
Gallery image 265019
Gallery image 265020
Gallery image 265021
Gallery image 265022
Gallery image 265023
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
09 Okt 2026
00:00

🔽Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘lida hamkorlik

🔽Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘lida hamkorlik

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov Madad NNT tuman bo‘limi bosh mutaxassisi M. To‘rayev bilan hamkorlikda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini muhokama qildilar.
📌Uchrashuv davomida saylov uchastkalarida fuqarolarga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatish yuzasidan kelishuvga erishildi. Mazkur tashabbus orqali aholining huquqiy bilimlarini mustahkamlash, fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarga qonunchilik asosida yechim topishga ko‘maklashish hamda huquqiy maslahat olish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
📌Deputat I. Xolov ta’kidlaganidek, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga e’tibor qaratish hamda zarur huquqiy ko‘mak ko‘rsatish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
📌Hamkorlik doirasidagi uchrashuvlar aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash va fuqarolarning muammolariga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt