Barcha yangiliklar
DEGREZ MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
Gallery image 265011
Gallery image 265012
Gallery image 265013
Gallery image 265008
Gallery image 265009
Gallery image 265010
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
12 Okt 2026
20:27

DEGREZ MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #murojaatlar

DEGREZ MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "1-Degrez" saylov okrugi deputati Ulug‘bek Begjanovga Degrez mahallasi fuqarolari bolalar maydonchasini ta’mirlash hamda uni Degrez ko‘chasidagi 2-uy oldidan boshqa manzilga ko‘chirish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.

💹 Deputat fuqarolar murojaatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib, mavjud holat bilan tanishdi. O‘rganish davomida bolalar maydonchasini ko‘chirish bo‘yicha avvalo tuman mas’ullari bilan birgalikda yangi manzilni aniqlash, shundan so‘ng tegishli ishlarni boshlash lozimligi tushuntirildi.

🔴 Shuningdek, bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maydoncha hududidagi qurigan daraxt shoxlarini kesish zarurligi aniqlandi. Ushbu masala tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullariga yetkazilib, tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

📈 Deputat mazkur murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirib, bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish, fuqarolar ko‘targan masalaning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha ishlarni nazoratga oldi.