Barcha yangiliklar
#Kelajak_soati #Deputat_va_yoshlar #Maktabda_uchrashuv
Gallery image 264891
Gallery image 264892
Gallery image 264893
Gallery image 264894
Gallery image 264895
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
12 Okt 2026
19:45

#Kelajak_soati #Deputat_va_yoshlar #Maktabda_uchrashuv

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 10-“Yangiqurilish” saylov okrugidan saylangan deputat Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich tomonidan tumandagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar bilan muloqot tashkil etildi.

📌 Muloqot va dars mashg‘uloti davomida:

· "O‘quvchilar kengashi" faoliyati tushuntirildi: Deputat Murodilla Mustafaqulov o‘quvchilarga maktabda O‘quvchilar kengashini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari, shuningdek, o‘quvchilarning maktab hayotidagi faolligini oshirish borasida batafsil ma’lumot berdi.

· Yoshlarning taklif va maqsadlari tinglandi: Dars "Kelajak soati" doirasida o‘tib, unda yoshlarning kelajakdagi maqsadlari, kasb tanlash hamda ilmiy va ijodiy intilishlari yuzasidan samimiy fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar va kelgusidagi faoliyatlarida deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz