Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Murojaat_daftari
Gallery image 264855
Gallery image 264856
Gallery image 264857
Gallery image 264858
Gallery image 264859
Gallery image 264860
Gallery image 264861
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
12 Okt 2026
19:39

#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Murojaat_daftari

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirokida olis tog‘li hududda joylashgan “Katta Vaxshivor” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

📍 O‘rganishlar davomida:

Yaroqsiz holatga kelgan ko‘prik ko‘zdan kechirildi: Kuchli shamol hamda sel kelishi oqibatida talofat ko‘rib, foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan piyodalar ko‘prigi joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

Aholi murojaatlari va muammolari tinglandi: Hudud aholisi uchun muhim qatnov yo‘li hisoblangan ushbu ko‘prikni qayta ta’mirlash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar olindi.

Tegishli choralar belgilandi: Aniq xulosa va o‘rganish natijalariga ko‘ra, muammoni bartaraf etish hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborildi.

Murojaat va muammolarning ijrosi deputatlar hamda Kengash kotibiyati tomonidan doimiy nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz