Barcha yangiliklar
TOZA SHAHAR — BARCHAMIZNIKI!
Gallery image 264727
Gallery image 264728
Gallery image 264729
Gallery image 264730
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
08 Okt 2026
19:07

TOZA SHAHAR — BARCHAMIZNIKI!

#deputat_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi

TOZA SHAHAR — BARCHAMIZNIKI!

O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 12-noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2013-yil 12-dekabrda ma’qullangan.

Mazkur qonun talablaridan kelib chiqib, hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni asrash, sanitariya va tozalik qoidalariga rioya qilish hamda fuqarolarning ekologik madaniyatini yuksaltirish muhim vazifalardan biridir.

Shu maqsadda “Toza shahar — barchamizniki” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni asrash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, sanitariya va tozalik talablariga amal qilish hamda ekologik madaniyatni oshirish masalalari ijrosi o‘rganildi

Deputat Sh. Norsayev o‘z fikr-mulohazalarida tozalik va obodonlikni ta’minlash faqat mas’ul tashkilotlarning vazifasi emas, balki har bir fuqaroning kundalik mas’uliyati ekanini ta’kidladi. Shuningdek, mahallalarda tozalikni saqlash, yashash hududlarini obod qilish va ekologik nazoratni kuchaytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Zero, toza va obod hudud — sog‘lom muhit, yuksak madaniyat va barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!