Barcha yangiliklar
Tumanda "Yashil makon" umumilliy dasturi doirasida
Gallery image 32164
Gallery image 32165
Gallery image 32166
Gallery image 32167
Gallery image 32168
Gallery image 32169
Gallery image 32170
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
15 Mar 2025
11:36

Tumanda "Yashil makon" umumilliy dasturi doirasida

Qiziltepa tumani bo‘ylab "Yashil makon" umumilliy dasturi doirasida bajarilayotgan amaliy ishlar natijasida yil sayin bog‘lar, yashil hududlar ko‘payib bormoqda.

Ayni kunlarda ham tumanda yangi manzillarda "Yashil makon"lar barpo etish maqsadida yerlar tayyorlanmoqda, ko‘chatlar o‘tqazilib, ularning sug‘orish tizimi ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ayni paytda davom etayotgan "Yashil makon" tadbiri jarayonida qiziltepaliklar Malikobod mahallasi hududidagi 50 gektarli yangi maydonda 80 mingga yaqin iqlim sharoitiga mos manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazishadi.

Umuman olganda tumanda "Yashil makon" dasturining 2025 yil bahorgi mavsumida 1 million 280 mingta ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan.

Jarayon davom etmoqda.