Barcha yangiliklar
“Yalang‘och ota” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
Gallery image 264598
Gallery image 264599
Gallery image 264600
Gallery image 264601
Gallery image 264602
Gallery image 264603
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
12 Okt 2026
18:10

“Yalang‘och ota” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

️Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektorining faoliyati yuzasidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida profilaktika inspektori faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan, profilaktika inspektori alohida xona, zarur texnik vositalar hamda xizmat uyi bilan ta’minlangani aniqlandi.

Shuningdek, mahalla hududida jami 32 ta kuzatuv kamerasi ishga tushirilgani qayd etildi. Ushbu kameralar jamoat tartibini saqlash, hudud xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

️O‘rganish jarayonida mahallada xavfsiz muhitni mustahkamlash, profilaktika ishlarini yanada samarali tashkil etish va mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi