Barcha yangiliklar
“Yalang‘och ota” mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 264590
Gallery image 264591
Gallery image 264592
Gallery image 264593
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
12 Okt 2026
18:07

“Yalang‘och ota” mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi N.Aliyevning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va hal etish borasidagi ishlari, shuningdek, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda obodonlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi bilan muloqotni samarali tashkil etish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularni hal etishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ularning ijrosi hamda mahallada olib borilayotgan ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi